Рус   Eng   O'zb  
O'IKU FIDIC a'zosi:
 
Avtorizatsiya
Informerlar


Qidiruv
Xush kelibsiz

Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda konsultatsiya biznesini yuritish yuqori ma’suliyatli ish hisoblanib, u quyidagilarni o’z zimmasiga oladi:

  • yuqori baholanadigan va belgilangan sifat darajasida ko’rsatiladigan xizmatlar
  • Buyurtmachi talablarini qondiradigan, erishish mumkin bo’lgan natijalar
  • Konsultant kodeksini tashkil etuvchi ahloq tamoyillari.
 
Yuqorida ta’kidlab o’tilganlar, mahalliy va xorij vakillarining qo’shma intilishlari va hamkorligi orqali konsultatsiya xizmatlarini yangi darajaga ko’tarishga zamin yaratadigan professional uyushma qurish taklifining asoslaridan ba’zilari xolos. Bular O'zbekiston injener-konsultantlar Uyushmasi (O'IKU)ni tashkil qilinishiga asos bo’ldi. O’IKQUning asosiy maqsadlari quyidagicha:
 
  • Injiniring sohasidagi muammolar echimida a’zolarning sayyi-harakatlarini jamlash va umumlashtirish
  • Investitsion loyihalarning injener-texnik ko’magiga yangi qo’llanmalar va texnologiyalarni tadbiq etishga doir maslahatlar hamda qurilish sohasidagi ilg’or tajriba, ilmiy-texnik ma’lumotlarni tarqatish, umumlashtirish va o’rganish
  • O’zbek injiniring xizmatlatlarini boshqa mamlakatlar hududida sifat na’munasi darajasiga ko’tarish.
 
Ushbu maqsadlarga quyidagilar orqali erishish mumkin:
     
  • Davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda investitsion, texnik-iqtisodiy va boshqa turli loyihalar va xujjatlar ekspertizasida qatnashish
  • o’xshash uyushmalar, xorijiy konsultantlar hamda mutaxassislar bilan muloqot o’rnatish va xalqaro aloqalarni rivojlantirish
  • O’IKQU a’zolarini o’qitish, malakalarini oshirsh hamda mahalliy va xorijiy treninglar tashkil qilish
  • Seminar va ko’rgazmalar o’tkazish va qatnashish
03.11.2008
6 noyabr kuni Toshkеntdagi "Poytaxt" biznеs-markazida "Konsalt Forum" konsalting xizmatlari ikkinchi ko'rgazmasi ochildi.
21.10.2008
Kvebekdagi FIDIC 2008 konferentsiyasida O'IKQU Xalqaro injener-konsultantlar Federatsiyasi (FIDIC) a'zoligiga qabul qilindi.
07.09.2008
2008 yilning 7-10 sentyabr kunlari Kanadaning Québec viloyatining poytaxti Quebéc City shahrida navbatdagi FIDIC 2008 konferentsiyasi bo’lib o’tadi.
18.12.2008
Korеya Rеspublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida hamkorlik ikkinchi Forumi doirasida "O'zbеknеftеgaz" MXK hamda Korеyaning "DongHo ENC" kompaniyasi o'rtasida o'zaro anglashuv Mеmorandumi imzolangan
28.11.2008
O'zbеkiston 2009 yilda Rossiyaning "Gazprom" iga 14 mlrd. kub mеtr tabiiy gaz sotadi
17.11.2008
Rеspublikada suv istе'moli kishi boshiga bir kеcha-kunduzda 109 litrni tashkil etadi, shu jumladan shaharlarda 150 litr, qishloq joylarda esa 75 litr.
05.11.2008
O'zbеkistonda birinchi marta OHSAS 18001:2007" (IRCA) bo'yicha "Profеssional salomatlik va xavfsizlik tizimi auditoriG'еtakchi auditori" sеrtifikatini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.