2010 yil 26 Mart kuni O’zbekiston injener-konsul’tantlar va quruvchilar Uyushmasining (O’IKQU) Yillik Konferentsiyasi bo’lib o’tdi.
Kun tartibi masalalari qatorida Uyushmaning Ustavi, a’zolik Nizomi va injener-konsultantning Kasb Odobi Kodeksi muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Shuningdek, Konferentsiya qatnashchilari Boshqaruv va Taftish komissiyasi hisobotlari bilan tanishib chiqdilar hamda yangi Boshqaruv va Taftish komissiyasi a'zolarini sayladilar.
Muhokamalar mobaynida, Uyushma a’zolari hamkorlikni oshirish hamda o’zlarini qiziqtirgan boshqa masalalar haqida kelishib oldilar.
Konferentsiya asnosida, Uyushmaning yangi a’zolariga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.