Kvebekdagi FIDIC 2008 konferentsiyasida O'IKQU Xalqaro injener-konsultantlar Federatsiyasi (FIDIC) a'zoligiga qabul qilindi.
Xalqaro injener-konsultantlar Federatsiyasi- FIDIC (Frantsuz tilidagi nomining qisqartmasi), konsultatsion injiniring sanoatining jahon miqyosidagi vakili hisoblanadi.
Federatsiya, qurilish va tabiiy muhit sohalarida texnik-ilmiy xizmatlar ko'rsatuvchi shirkatlarning foydalari va xuquqlari yo'lida xizmat qiladi.
FIDIC faoliyati Ijroiy Qo'mita(IQ) tomonidan tayinlangan qo'mitalar, alohida masalalarni ko'rib chiquvchi komissiyalar va forumlar orqali amalga oshiriladi. IQ Federatsiya faoliyatini yuritish maqsadida Bosh Assambleya tomonidan saylanadi.
1913 yilda tuzilgan FIDIC a'zolari 1 millionga yaqin mutaxassislik 75 Uyushmadan iborat.
FIDIC, Evropa injener-konsultantlar Uyushmalari Federatsiyasi (EFCA) bilan hamkorlik kelishuvi va Pan Amerika konsultantlar Federatsiyasi (FEPAC) bilan anglashuv memorandumi tuzilgan. FIDIC shuningdek, Afrika (GAMA) va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (ASPAC) bilan ham mintaqaviy kelishuvlarga ega.