Katmandu shaxrida Osiyo va Tinch okeani mintaqasi Texnik Konsaltingni Rivojlantirish dasturining 13-Xalqaro Konferentsiyasi bo'lib o'tdi.
2009 yilning 11-13 mart kunlari Nepal poytaxti – Katmandu shaxrida, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi Texnik Konsaltingni Rivojlantirish dasturi(TCDPAP)ning 13 – Xalqaro Konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Konferentciya Xalqaro injener-konsultantlar Federatsiyasi (FIDIC), Osiyo injener-konsultantlar Federatsiyasi (ASPAC), TCDPAP va Nepal injener-konsultantlar Uyushmasi tomonidan tashkillashtirildi.
Bu yilgi konferentciya “Konsultantning Global dunyodagi roli” mavzusiga bag’ishlandi.
Konferenciyada 200dan ortiq ishtirokchi qatnashib, ularning aksariyati 20ga yaqin xorijiy Davlat va 110dan oshiq konsalting va injiniring korxonalar vakillaridir.
Konferentsiya davomida O’zbekiston injener-konsultantlar va quruvchilar Uyushmasi (O’IKQU) va Yaponiya hamda Nepal injener-konsultantlar milliy Uyushmalari bilan hamkorlik bitimlari imzolandi.
Shuningdek, konferenciyada O’IKQU vakili O’zbekiston va Markaziy Osiyoda konsalting sohasining rivojiga oid ma‘lumotlar berdi. Konferentsiya yakuniga ko’ra O’IKQU TCDPAP va ASPAC a’zoligiga ham qabul qilindi.