Рус   Eng   O'zb  
O'IKU a'zoligi:
 
   
Avtorizatsiya
Informerlar


Qidiruv
Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika III yarmarkasi bo'lib o'tadi
2010 yilning 1-3 mart kunlari poytaxtimizdagi "O'zekspomarkaz"da Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika III yarmarkasi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan tashkil etiladigan ushbu tadbir Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 15 iyulda qabul qilingan "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash doirasida o'tkazilmoqda, deb xabar qiladi O'zA.

Innovatsion yarmarkada vazirlik va idoralar milliy iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlaridagi korxonalar, fermer xo'jaliklari, Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalar, oliy o'quv yurtlari, ilmiy markazlar, tajriba-konstruktorlik tashkilotlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

Yarmarkada nafaqat yaratilgan texnologiyalar bo'yicha shartnomalar tuzish, balki real iqtisodiyot tarmoqlari vakillarini yangi g'oyalar va loyihalar bilan tanishtirish ham ko'zda tutilgan. Ularni amalda joriy etish uchun olimlar va xo'jalik yurituvchilar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri kooperatsiya aloqalarini o'rnatish, xomashyo va moliya resurslari, tajriba uchun ishlab chiqarish bazasi zarur. Yarmarka davomida o'tkaziladigan yangi g'oyalar va loyihalar taqdimotlari, davra suhbatlari, seminarlar bunday aloqalarni yo'lga qo'yishga xizmat qiladi.

O'zbekiston ulkan imkoniyatlarga, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni innovatsion rivojlantirish borasida katta salohiyatga ega. Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika III yarmarkasi ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasida samarali kooperatsiya aloqalari kengayib borayotganini yana bir bor namoyon etadi.

Uzreport.com  11.01.2010 09:38:02

30.03.2010
2010 yil 26 mart kuni O’zbekiston injener-konsul’tantlar va quruvchilar Uyushmasining(O’IKQU) 1-yillik Konferentsiyasi bo’lib o’tdi.
27.08.2009
Sizni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 18 yilligi va Toshkent shaxrining 2200 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
20.03.2009
2009 yilning 11-13 mart kunlari Nepal poytaxti – Katmandu shaxrida, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi Texnik Konsaltingni Rivojlantirish dasturi(TCDPAP)ning 13 – Xalqaro Konferentsiyasi bo’lib o’tdi.
11.01.2010
2010 yilning 1-3 mart kunlari poytaxtimizdagi "O'zekspomarkaz"da Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika III yarmarkasi bo'lib o'tadi.
15.01.2009
O'zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot tizimlari va tеlеkommunikasiya masalalarini bo'yicha 2008 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini chiqarish uchun majlis o'tkazdi.
08.01.2009
O'zbеkiston 2009 yilda suv xo'jaligi ob'еktlarini rеkonstruksiya va modеrnizasiya qilishga oid 11 ta loyihani amalga oshirishga kirishadi. Bu loyihalarning umumiy qiymati 187,22 mln. AQSh dollariga tеng bo'lib, ularning 70,96 mln. dollari xorijiy krеditlardir.