Mirishkor tumani
hududida joylashgan "Cho'lquvar" gaz, gaz kondensati konining
dastlabki qudug'idan mahsulot olish boshlandi.
– "Cho'lquvar" konida "Koson neft va
gaz qidiruv ekspeditsiyasi" sho'ba korxonasi tomonidan burg'ulangan besh
quduq vaqtincha koservatsiya qilingan edi, – deydi "Muborakneftgaz"
unitar sho'ba korxonasi bosh geologi G'ayrat Olloberdiyev. – Ushbu quduqlarning
dastlabkisi "Qorovulbozor neft va gaz quduqlarini tubdan ta'mirlash"
ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan konservatsiyadan qaytarilib, korxonamizga
sanoat miqyosida mahsulot qazib olish uchun topshirildi. Hozir bu yerda
zamonaviy texnologiya asosida qazib olinayotgan xomashyo Muborak gazni qayta
ishlash zavodiga jo'natilib, jahon andozalari darajasida tozalangan gaz
iste'molchilarga yetkazib berilayotir, deb xabar beradi O'zA.
Yangi konda konservatsiyadan
qaytarilgan quduqlarni sinash va qo'shimcha quduqlar qazish ishlari davom
ettirilmoqda.
Uzreport.com 07.09.2010 16:21